Toshkentda Yevropa investitsiya bankining mintaqaviy ofisi ochiladi
Tashkilot infratuzilmani barqaror rivojlantirishga e’tibor qaratishni rejalashtirmoqda.

O‘zbekistonda 2025-yil oxirigacha Yevropa investitsiya bankining mintaqaviy ofisi ish boshlaydi, deb yozadi Spot bankning kreditlar bo‘yicha katta mutaxassisi Davide Mongutssiga tayanib.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yil aprel oyida Samarqandda bo‘lib o‘tgan sammitda tomonlar YIBning O‘zbekistondagi vakolatxonasini tashkil etish to‘g‘risida memorandum imzolagan, bu esa o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish va yangi sarmoyaviy imkoniyatlardan foydalanish imkonini bergan. Devid Mongutssi ushbu hujjatning imzolanishi tashkilotga 2025-yil oxiridayoq o‘z ofisini ochish imkonini berganini ta’kidladi.
Qayd etilishicha, bank infratuzilmani, jumladan, transport va suv xo‘jaligini barqaror rivojlantirishga e’tibor qaratishni rejalashtirmoqda. Qoraqalpog‘iston va Samarqandda tirband va tor yo‘llarda harakatni yaxshilashga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish ustuvor vazifalar sifatida qayd etildi.
Shuningdek, tashkilot 400 dan ortiq muhandislardan iborat jamoa tajribasi asosida irrigatsiya, yo‘l qurilishi va temir yo‘l liniyalarini modernizatsiya qilish bo‘yicha tashabbuslarni ishlab chiqishni rejalashtirmoqda. Devid Mongutssi Yevropa Ittifoqining moliyaviy instituti sifatida YeIB Markaziy Osiyoga barqaror infratuzilma bo‘yicha Yevropaning eng yaxshi amaliyotlarini o‘tkazishni istayotganini ta’kidladi.
“Biz munosabatlarni rivojlantirishga e’tibor qaratmoqdamiz va Transport vazirligi bilan imzolagan o‘zaro anglashuv memorandumini Qoraqalpog‘istonda, shuningdek, Samarqand shahri hududida amaliy loyihalarga tatbiq etish bo‘yicha ishlarni boshlayapmiz. Shunday qilib, biz allaqachon harakat sekinlashgan yoki ortiqcha yuklangan hududlarda vaziyatni yaxshilash bo‘yicha aniq choralar ko‘rmoqchimiz”, — dedi YIB vakili.
Avvalroq Yevropa Ittifoqi Shavkat Mirziyoyevning tashrifini kutayotgani haqida xabar berilgandi. Davlat rahbari ittifoqchilik munosabatlarini chuqurlashtirish uchun Bryusselga tashrif buyurishi rejalashtirilgan.
Izohlar