Toshkentda yashirin narkolaboratoriya fosh qilindi
Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi ijaraga olingan xonadonda yashirin narkolaboratoriya aniqlandi.

Toshkent shahrida 23 kilogrammdan ziyod kuchli ta’sir qiluvchi moddalar olib qo‘yildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Bildirilishicha, maxsus tezkor guruh tomonidan kuzatuvga olingan shaxsning Toshkent shahar Yunusobod tumanida ijaraga olingan xonadoni belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, bu yerda kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni tayyorlashga mo‘ljallangan yashirin narkolaboratoriya tashkil qilgani aniqlangan.
Mazkur xonadonda hamda poytaxtning Uchtepa tumani va Toshkent viloyatining Toshkent tumanidagi xonadonlarda pregabalin, tropikamid, trilon kabi kuchli ta’sir qiluvchi moddalar, ularni tayyorlashda foydalaniladigan prekursorlar, qayta ishlash va taqsimlashga mo‘ljallangan tarozi, kolba, mikser kabi laboratoriya jihozlari, dorilarni solishga mo‘ljallangan plastik bo‘sh idishlar borligi aniqlangan.
Shuningdek, o‘tkazilgan keng qamrovli tezkor tadbirlar natijasida yashirin “narkolaboratoriya”dan jami og‘irligi 19 kg 225 gr “pregabalin”, 2 kg 960 gr “tropikamid”, 1,2 kg “trilon” kuchli ta’sir qiluvchi moddalari, 20 litr xlorid kislotasi, 19 nomdagi 1746 dona laboratoriya uskuna va jihozlari ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentda tadbirkor 6,6 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalandi Uch hududda fuqarolarga imtiyozli kredit olib berishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi Toshkentda uka o‘z opasini o‘ldirib, 7 kun uyda saqladi Toshkentda yoʻlovchi avtobusi daraxtga borib urildi Toshkentni kezib yurgan noyob qoraquloq hayvonot bog‘iga topshirildi
Soʻnggi yangiliklar







