2 Oktabr 2024, 17:50 Oʻzbekiston

Toshkentda yashash uyida kuchli ta’sir qiluvchi dorilar saqlab kelgan shaxs ushlandi

Toshkentda fuqaroning uyidan 6,5 kilogrammdan ortiq giyohvandlik moddalari, 345 dona kuchli tasir qiluvchi dorilar topildi.

Toshkentda yashash uyida kuchli ta’sir qiluvchi dorilar saqlab kelgan shaxs ushlandi

Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida xonadonida ko‘p miqdorda giyohvandlik moddalari va kuchli ta’sir qiluvchi dorilar saqlab kelayotgan shaxs aniqlangan.

Ma’lum qilinishicha, IIB, DXX, prokuratura va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan Toshkent shahrida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish oyligi doirasida tezkor tadbirlar o‘tkazilgan.

Ana shunday tadbirlarning birida Yakkasaroy tumanida o‘zida shubha uyg‘otgan shaxs xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda uning yonidan turli polietilen paketga qadoqlangan giyohvand moddalar topilgan.

Shundan so‘ng moddalar manbasini aniqlashga qaratilgan tadbirlar olib borilgan va gumonlanuvchining yashash manzili xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan.

Yakkasaroy tumani IIO FMB jinoyat qidiruv bo‘limi bergan ma’lumotga ko‘ra, xonadonda juda katta miqdorda, xususan, 6,5 kilogrammdan ortiq turli xildagi giyohvand moddalar, 345 dona kuchli ta’sir qiluvchi dorilar topilgan.

Qayd etilishicha, olib borilgan tezkor tadbir natijasida katta miqdordagi zahri qotilning tarqalishi oldi olingan.

Mashhur yangiliklar