26 Iyul 2024, 18:51 Oʻzbekiston

Toshkentda yana quvur yorilib, ko‘chalarni suv bosdi

Uchtepada tumanida quvur yorilishi oqibatida ko‘chalarga suv toshdi.

Toshkentda yana quvur yorilib, ko‘chalarni suv bosdi

Tarmoqlarda Uchtepa tumanining Shirin chorrahasida suv quvurlari yorilib, ko‘chalarda suv toshayotgani aks etgan videolar tarqaldi. Unda suv tobora ko‘payib, ko‘lmakka aylanib borayotgani ko‘rinadi.

Uchtepa tumani hokimiyatiga ko‘ra, haqiqatan ham Shirin chorrahasidagi issiq suv quvurlarida muammo yuzaga kelgan. Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish va obodonlashtirish masalalari bo‘yicha hokim o‘rinbosari Aziz Naimovning ma’lum qilishicha, 5- va 9-qozonxona magistral quvurlari bosim ostida tekshirilayotgan vaqtda quvurlar yorilgan.

Aynan sinov vaqtida yorilgan. Hozirda nosozlik joyi aniqlangan, bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda. Suv to‘xtatilgan, deydi u.

Mashhur yangiliklar