Toshkentda yana qurilishlar bo‘yicha maxsus reydlar o‘tkazildi
Obyektlarda chang ko‘tarilishining oldini olish bo‘yicha qurilish tashkilotlariga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Toshkent shahrida muntazam ravishda o‘tkazilayotgan ekologik reydlar davom etmoqda, deb xabar beradi Maxsus komissiya matbuot xizmati.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Davlat rahbarining atmosfera havosi ifloslanishining oldini olish bo‘yicha topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida Maxsus komissiya a’zolari, Bosh prokuror o‘rinbosari S.Samadov va mutasaddi tashkilotlar rahbarlari tomonidan Toshkent shahrida o‘rganish ishlari olib borilgan.
Obyektlarda chang ko‘tarilishining oldini olish, atrof-muhit va aholi salomatligini muhofaza qilish, atmosfera havosini ifloslantiruvchi zararli qurilish changi va chiqindilari tarqalishining oldini olish bo‘yicha qurilish tashkilotlariga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Izohlar