O‘zbekiston

Toshkentda yana 16 ta metropoliten kassasi yopiladi

Ularning o‘rniga QR-kodli chipta beruvchi apparatlar o‘rnatiladi.

Toshkentda to‘lov tizimining shaffofligini ta’minlash va elektron to‘lovlarni rag‘batlantirish maqsadida 9-dekabrdan boshlab poytaxt metropoliteni yer usti halqa yo‘lining barcha 14 ta bekatidagi kassalar yopiladi, deb xabar bermoqda metropoliten matbuot xizmati.

Ma’lumotlarga ko‘ra, naqd pul ko‘rsatkichlari past bo‘lgan “Paxtakor” va “Alisher Navoiy” stansiyalarida kassalar yopiladi. Ko‘rsatilgan stansiyalarda kassalar o‘rniga yangi zamonaviy infokiosklar — QR-kodli chipta beruvchi apparatlar o‘rnatiladi.

Ta’kidlanishicha, infokioskalarning afzalliklari quyidagilardan iborat:

  • naqd pul aylanmasining pasayishi, to‘lovlarning shaffofligi va xavfsizligi;
  • chiptalarni sotib olish jarayonini tezlashtirish, navbatlarni qisqartirish, yo‘lovchilarning vaqtini tejash;
  • QR-kodli chiptalardan mobil elektron chipta yoki chop etilgan kvitansiya taloni ko‘rinishida foydalanish imkoniyati.

Avvalroq Toshkent metrosi uzunroq bo‘lishi haqida xabar berilgandi. Rasmiylar yo‘llardagi tirbandlikka qarshi kurashish uchun jamoat transportiga e’tibor qaratishni rejalashtirmoqda.

Максим Каневский
Редактор «NOVA24»

Izohlar

Mavzuga oid

Главная