Toshkentda Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi vakolatxonasi ish boshladi
Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining (IUCN) Toshkent shahridagi vakolatxonasi o‘z ishini boshladi.

Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida o‘tkazilayotgan COP16 konferensiyasi doirasida Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining (IUCN) Toshkent shahrida vakolatxonasini tashkil etish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Hujjatni Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov va IUCN bosh direktori Gretel Agilar imzoladi.
Ittifoq ofisi 2024-yilning fevral oyida Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University)da ochilgan bo‘lib, bugun imzolangan bitim IUCN`ning mamlakatdagi faoliyati uchun huquqiy asos hisoblanadi hamda davlat organlari bilan hamkorligini ta’minlaydi.
Ekologik muammolar chegara bilmaydi, bu esa kuchlarni birlashtirish va transchegaraviy hamkorlik muhim ekanligini anglatadi. IUCN`ning Toshkentdagi vakolatxonasi nafaqat O‘zbekistonga, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasiga xizmat qilib, tabiatni muhofaza qilish va barqaror rivojlanish sohasida mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishidan mamnunmiz, dedi Aziz Abduhakimov.
Gretel Agilar IUCN`ning mintaqaning noyob biologik xilma-xilligi va qimmatli tabiiy resurslarini muhofaza qilish bo‘yicha sa’y-harakatlariga yanada salmoqli hissa qo‘shish imkoniyatini taqdim etgani uchun O‘zbekistonga minnatdorlik bildirdi.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentda 19 yoshli haydovchi piyodani urib yubordi Toshkentda yashirin narkolaboratoriya fosh qilindi Toshkentda 2025-yil oxirigacha 452 ta lift yangilanadi Poytaxt bozorlarida patta narxlari oshirildi Toshkentda 1 yil ichida 91 kishi YTH sabab qurbon bo‘ldi
Soʻnggi yangiliklar







