Toshkentda uyida giyohvand modda saqlayotgan shaxs ushlandi
Gumonlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Toshkent shahri, Chilonzor tumani IIO FMBga 26-iyul kuni tungi soat 01:00 larda ko‘p qavatli uyning xonadonlaridan birida shovqin-suron bo‘layotgani haqida xabar kelib tushgan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, voqea joyiga IIB xodimlari yetib kelganida, xonadonda 28 yoshli M.A. va 27 yoshli S.M. borligi aniqlangan.
Xodimlarni ko‘rib, ular o‘zini shubhali tutib, savollarga tushunarsiz javob berishgan. Xolislar ishtirokida xonadon tekshirilganida, yotoqxonadagi shkafdan S.M.ga tegishli jami og‘irligi 59,92 gr gashish giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan.
Ushbu giyohvandlik moddasi ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan va tegishli hujjatlar bilan tergovga taqdim etilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Gumon qilinuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkent aeroportida ayol kishi vafot etgani haqidagi xabarlar tarqaldi Toshkentda yo‘lovchi avtobusi va 4 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi Toshkentda 100 ming dona etil spirtini sotishga uringanlar ushlandi Toshkentda Nexia-3 yonib ketdi Toshkentdagi Ibn Sino bozori binosi sotuvga qo‘yildi