Toshkentda ultrabinafsha nurlanishning xavfli darajasi kutilmoqda
Aholiga soyada qolishga harakat qilish tavsiya qilindi.

Meteonova maʼlumotlariga koʻra , 9-may kuni Toshkent eng kuchli ultrabinafsha nurlanishi bilan qoplanadi.
Ultrabinafsha nurlanishning cho’qqisi soat 12:00 da sodir bo’ladi va 15:00 ga yaqin pasayadi. Intensivlik 9 ball bo’ladi, bu ultrabinafsha nurlanishning «o’ta xavfli klassi» bo’ladi. Xizmat mutaxassislari aholiga soya qidirib, uyda qolishni tavsiya qildi.
10-may kuni ultrabinafsha nurlanishning intensivligi 10 ballgacha ko’tariladi – «yuqori xavf klassi». Cho’qqi yana 12:00 atrofida bo’ladi va soat 13:00 da pasayadi. Mutaxassislar quyoshdan saqlanishni va quyoshdan himoyalovchi kremlardan foydalanishni maslahat berishdi.
Avvalroq o‘zbekistonliklar dam olish kunlarida sovib, nam bo‘lishi xabar qilingan edi. Mamlakatga nam va salqin havo massasi yaqinlashmoqda.
Izohlar