Toshkentda uch erkak homilador ayolga tegajog‘lik qildi
Poytaxt IIBB ayblanuvchilarga nisbatan 10 sutkadan qamoq jazosi tayinlanganini ma’lum qildi.
Toshkent shahar Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudi ko‘chada homilador ayolni haqorat qilgan uch nafar erkakka 10 sutkadan qamoq jazosi tayinladi. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati xabar berdi.
Sudda jabrlanuvchi taxminan soat 20:45 da ishdan uyiga qaytayotgan paytda unga 30−40 yoshlardagi uch notanish erkak shilqimlik qila boshlaganini aytgan. Ular haqoratli so‘zlar va beadab xatti-harakatlar qilishgan.
Ayol huquq-tartibot idoralariga murojaat qilgan. Erkaklarning shaxsiyati tez orada aniqlangan. Ma’lum qilinishicha, ular Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) bo‘yicha aybdor deb topilgan.
IIBB tomonidan e’lon qilingan videoda ular uzr so‘ragani va bunday xatti-harakat boshqa takrorlanmasligiga va’da bergani aks etgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentda yana bir Mercedes-Benz avtobusida yong‘in chiqdi Toshkentdagi ovqatlanish shoxobchasida yong‘in chiqdi Toshkentda pulli “parkovka”lar operatori oʻzgardi Toshkentda yo‘lovchi avtobusi yonib ketdi Toshkentdagi uylardan birida yongʻin chiqdi