O‘zbekiston

Toshkentda tungi avtobuslar tashkil etish ma’qullandi

Yo‘l haqi kunduzgi yo‘nalishlardan farq qilmaydi.

Фото: «Ко дну»

3-sentyabr kuni Toshkentda xalq deputatlari kengashi poytaxtning sayyohlik ko‘chalari orqali tungi avtobuslar tarmog‘ini yaratishni ma’qulladi.

Yo‘nalishlar tarmog‘i brutto-shartnomalar tizimi asosida ishlaydi. Tungi reyslar tariflari kunduzgi tariflar darajasida bo‘ladi — elektron to‘lovda 1 700 so‘m va bir martalik QR-chipta uchun 3 000 so‘m.

Tashishlar zamonaviy talablarga javob beradigan: konditsionerlar, Wi-Fi, videokuzatuv tizimi bilan jihozlangan va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moslashtirilgan avtobuslarda tashkil etiladi.

Birinchi bosqichda 136 km masofani qamrab oladigan sakkizta yo‘nalishni, ikkinchisida esa 98 km uzunlikdagi yettita yo‘nalishni ishga tushirishmoqchi. Ular soat 22:00 dan 06:00 gacha sayyohlik ko‘chalari va boshqa asosiy obyektlar bo‘ylab harakatlanadi.

Avvalroq Toshkentda maktab avtobuslarini yo‘lga qo‘yish taklif qilingandi. Loyihaning ishga tushirilishi yo‘llardagi avtomobillar sonini sezilarli darajada kamaytirishga yordam bergan bo‘lardi, biroq hozircha uni amalga oshirish murakkabligicha qolmoqda.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная