O‘zbekiston

Toshkentda tunda chiroqlar o‘chishi kutilmoqda

Mutaxassislar erta tongga qadar ta’mirlash ishlarini olib boradi.

Toshkentning Olmazor tumanida 12-oktyabr kechasi elektr ta’minoti qisman uziladi, deb xabar bermoqda HET matbuot xizmati.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yakshanbaga o‘tar kechasi mutaxassislar rejalashtirilgan ta’mirlash ishlarini amalga oshiradi. Shu munosabat bilan 12-oktyabr kuni soat 00:00 dan 05:00 gacha quyidagilar elektr ta’minotisiz qoldiriladi:

  • Islom ota, Qichqiriq, Oltinsoy, Paxta, Chuqursoy, Yangi Toshkent, Moyariq, Ahil, Elparvar, Bo‘stonobod, Tabassum mahallalari, Tepaguzar, Istiqbol, Shodiyona, G‘alaba va Beruniy.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda energetika resurslari bo‘yicha prokuratura reydlari o‘tkazilgandi. Mutaxassislar yoqilg‘i va elektr energiyasidan foydalanish samaradorligini, quyosh panellarining ishlashini va qurilishni tekshirgan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная