Toshkent shahar IIBB fuqarolar murojaatlari bo‘yicha surishtiruvlari bilan tanilgan Taftish.uz nashri jurnalistlari qo‘lga olingani haqida xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hibsga olinganlar orasida nashr sobiq rahbari G‘ayrat Aberayev, shuningdek, Azizjon Yo‘ldoshev, Sardor Hamidov, Marjona Eshquvvatova va Dilshod Nishonov kabi xodimlar bor.

Ular 16-yanvar kuni O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 165-moddasi (Tovlamachilik) va 168-moddasi (Firibgarlik) da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanib, qo‘lga olingan. Huquq-tartibot idoralari ularning 139 (tuhmat) va 244−6-moddalarida (yolg‘on ma’lumot tarqatish) nazarda tutilgan jinoyatlarga aloqadorligini tekshirmoqda.

Ish bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot keyinroq taqdim etiladi. Shu bilan birga, nashr faoliyati to‘xtatilgani haqidagi xabarlar haqiqiy emas deb topildi.