O‘zbekiston

Toshkentda ta’lim sifatini doimiy nazorat qilish uchun Smart School tizimi joriy etiladi

U davomatni nazorat qiladi, shuningdek, o‘quvchilarning qiziqish darajasi va o‘qituvchilarning pedagogik salohiyatini baholaydi.

Фото: Ситуативное

Toshkentda tajriba doirasida bir qator maktablarda ta’lim sifatini doimiy nazorat qilish tizimi joriy etiladi, deyiladi poytaxt hokimligi qarorida.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi tizim Olmazor tumanidagi 31 ta maktabning 250 ta sinfida joriy etiladi. Ta’lim sifatini doimiy nazorat qilish Smart School elektron dasturi orqali amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Xususan, o‘quvchilarning davomatini nazorat qilish, shuningdek, sun’iy intellekt yordamida ularning psixoemotsional holatini aniqlashni o‘z ichiga oladi.

Bundan tashqari, tizim o‘quvchilarning fanlarga qiziqishini aniqlash va o‘qituvchilarning pedagogik salohiyatini tahlil qilish bilan shug‘ullanadi. Dastur doirasida hokimiyat poytaxtdagi umumta’lim maktablarining 10- va 11-sinf xonalarini maxsus kameralar bilan jihozlashni rejalashtirmoqda.

Avvalroq Toshkentdagi maktablarda robototexnika va VR kabinetlarini yaratish bo‘yicha tajriba boshlanishi haqida xabar berilgan edi. Test sinovlari o‘tkazilgandan so‘ng tashabbusni boshqa muassasalarga kengaytirish rejalashtirilmoqda.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная