Toshkentda sovuq suvni o‘chirish oyligi boshlandi
Ta’minotning vaqtincha to‘xtatilishi poliklinikalarga ham ta’sir qiladi.

Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida sovuq suv o‘chirish oyligi boshlandi, deya xabar bermoqda tuman hokimligi matbuot xizmati.
Mirzo Ulug‘bek tumani Qorasuv-3 massividagi nasos stansiyasida 3 ta zadvijka (D-250 mm), 3 ta zadvijka (D-200 mm) va 3 ta teskari klapan (D-200 mm) ni almashtirish ishlari olib boriladi. Shu munosabat bilan 8-sentyabr soat 9:00 dan 9-sentyabr soat 9:00 gacha ichimlik suvi ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. O‘chirish quyidagi manzillarda amalga oshiriladi:
- Qorasuv-1 massivi: ko‘p qavatli uylar (14, 15, 36, 45, 46) — 5 ta to‘qqiz qavatli uylar;
- Qorasuv-3 mavzesi: ko‘p qavatli uylar (13, 14) — 2 ta to‘qqiz qavatli uy, 8-oilaviy poliklinika, stomatologiya;
- Qorasuv-4 mavzesi: ko‘p qavatli uylar (2) — 2 ta to‘qqiz qavatli uylar.
Suv bosimi pasayadi:
- Qorasuv-1 massivi: ko‘p qavatli uylar (23, 24, 25, 26, 27, 28, 29, 30, 31, 32a, 32b, 32v, 33, 34, 35) — 15 ta besh qavatli uylar;
- Qorasuv-6 massivi: ko‘p qavatli uylar (16, 17, 19a, 19b, 19v, 19g, 22) — 7 ta to‘qqiz qavatli uylar. Avayxon ko‘chasi, ko‘p qavatli uylar (1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 11, 12, 13, 14, 15) — 15 ta to‘qqiz qavatli uylar. Xususiy uy-joylar — 150.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda bir oy davomida aholi suv ta’minotida uzilishlar bo‘ladi. Mutaxassislar 2025-yilning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida yirik suv tarmoqlarida ta’mirlash ishlarini olib boradi.
Izohlar