Toshkentda sodir bo‘lgan YTHda yuk mashinasi haydovchisi vafot etdi
Yangihayot tumanida katta hajmli yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgan Isuzu haydovchisi halok bo‘ldi.
26-oktabr kuni kechqurun Toshkent shahrining Yangihayot tumanida sodir bo‘lgan YTHda Isuzu yuk mashinasi haydovchisi halok bo‘ldi, deb xabar berdi poytaxt IIBB YHXB matbuot xizmati.
Hodisa 4R21 Toshkent halqa avtoyo‘lida sodir bo‘lgan — mashina qayrilib olish harakatini amalga oshirayotgan boshqa yuk mashinasining orqa qismiga borib urilgan.
Voqea joyida halok bo‘lgan haydovchi 37 yoshda, ikkinchi yuk mashinasi haydovchisi 42 yoshda bo‘lgan. E’lon qilingan suratlarda Isuzu kabinasi butunlay pachoqlanganini ko‘rish mumkin.
Holat yuzasidan IIBB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentda Lacetti va skuter toʻqnashdi Toshkentda 7,5 mlrd so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalangan sex aniqlandi Toshkent jamoat transportida naqd shakldagi to‘lovlar uchun yo‘lkira narxi oshishi kutilmoqda Toshkentdagi ko‘chaning bir qismi 1 oyga yopiladi Toshkentda pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxslar ushlandi