Toshkentda shahar markazi yopiladi — sxema
Avtomobillar harakati bir necha soatga cheklanadi.

Toshkentda 8-iyun kuni «Yoshlar kubogi» velomarafoni bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda YHXBB matbuot xizmati.
Musobaqani o‘tkazish, jamoat tartibi va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida quyidagi ko‘chalarda soat 06:00 dan 09:00 gacha transport harakati cheklanadi:
- Abay ko‘chasi Abdulla Qodiriy ko‘chasi chorrahasidan Alisher Navoiy ko‘chasi chorrahasigacha;
- Botir Zokirov ko‘chasi Alisher Navoiy ko‘chasi chorrahasidan «O‘zbekiston» metro bekatigacha;
- Afrosiyob ko‘chasi «O‘zbekiston» metro bekatidan Nukus ko‘chasi chorrahasigacha;
- Nukus ko‘chasi Afrosiyob ko‘chasi chorrahasidan Farg‘ona yo‘li ko‘chasi chorrahasigacha;
- Abdulla Qodiriy ko‘chasi Farg‘ona ko‘chasi chorrahasidan Abay ko‘chasi chorrahasigacha.
YHXB haydovchilarni aylanma yo‘llardan foydalanishga chaqirib, yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun uzr so‘radi. Haydovchilar poytaxtning qoq markazida o‘ziga xos halqa ichida uch soatga qamalib qoladi.
Izohlar