
Toshkentda rejaga muvofiq issiq suv oʻchiriladi — manzillar
Poytaxtda issiqlik manbalari profilaktika maqsadida toʻxtatiladi.

Aprel-may oylarida Toshkentda issiq suv taʼminoti toʻxtatilishi kutilmoqda, deya xabar berdi Veolia Energy matbuot xizmati.
Maʼlumotlarga koʻra, ishchilar bahor-yoz mavsumiga tayyorgarlik doirasida rejali profilaktika ishlarini olib boradi. Oʻchirishlar 7-apreldan boshlanib, 16-maygacha davom etadi. Koʻrsatilgan davrlarda issiq suv taʼminoti vaqtincha boʻlmaydi.
Isteʼmolchilardan ushbu maʼlumotlarni oldindan hisobga olish va zarur hollarda muqobil issiq suv manbalaridan foydalanishni rejalashtirish soʻralgan. Manzillarning toʻliq roʻyxati bilan havola orqali tanishishingiz mumkin.
Eslatib oʻtamiz, xuddi shu davrda Toshkentda sovuq suv rejadan oʻchiriladi. “Toshkent shahar suv taʼminoti” xodimlari bahor-yoz mavsumiga tayyorgarlik doirasida rejali profilaktika ishlarini olib boradi.
Soʻnggi yangiliklar







