Toshkentda quvur yorilgach, gidravlik sinovlar to‘xtatildi
Veolia Energy kompaniyasi quvurlarni tekshirishning xavfsizroq usullarini ishlab chiqishga qaror qildi.

Veolia Energy Tashkent gidravlik ishlarni to‘xtatdi va bunday sinovlarni o‘tkazish yondashuvini qayta ko‘rib chiqishni rejalashtirmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, gidravlik sinovlar 30-maydan boshlab o‘tkazilgan va 2025-yil 17-iyulgacha davom etishi kerak edi. Biroq kompaniya ushbu ishlar to‘xtatilib, sinovlarni o‘tkazish yondashuvi qayta ko‘rib chiqilishini ma’lum qildi.
Mutaxassislar quvurlarning potensial avariyaviy uchastkalarini aniqlashning yangi, xavfsizroq usullarini ishlab chiqishni rejalashtirmoqdalar. Veolia Energy Tashkent’ning ishontirishicha, kompaniyaning asosiy maqsadi issiqlik ta’minoti xavfsizligi va ishonchliligini ta’minlash hamda 2025-2026-yillardagi isitish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rishda aholi uchun xavflarni minimallashtirishdan iborat.
Kompaniya keyingi harakatlar va muddatlar haqida qo‘shimcha ma’lumot berishga va’da berdi.
Avvalroq Toshkentni yopiq isitish tizimiga o‘tkazish rejalari saqlanib qolayotgani, bu nazariy jihatdan xarajatlar, avariyalar va energiya yo‘qotishlarini kamaytirishi haqida xabar berilgandi. Sergeli, Bektemir va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida tajriba-sinov loyihalari amalga oshirildi.
Izohlar