O‘zbekiston

Toshkentda “Qulay muhit” va “Hokimlik monitori” tizimlari paydo bo‘ladi

Hokimiyat mahallalardagi vaziyatni tezkor monitoring qilib boradi.

Toshkentda “Qulay muhit” va “Hokimiyat monitori” axborot tizimlari joriy etilishi kutilmoqda, deb xabar bermoqda hokimiyat matbuot xizmati.

Yangi raqamli platformalar obodonlashtirish, xavfsizlik va shahar infratuzilmasini tezkor boshqarish sifatini oshirishga qaratilgan.

Ma’muriy videokuzatuv tizimlari orqali quyidagilar amalga oshiriladi:

  • obodonlashtirish va chiqindilar bilan bog‘liq qoidabuzarliklarni avtomatik ravishda qayd etish;
  • maxsus texnika va kommunal xizmatlar ishini masofadan turib boshqarish va nazorat qilish;
  • bajarilgan ishlar hajmini avtomatik tasdiqlash;
  • mahallalarda giyohvandlik vositalari tarqalishining oldini olishga ko‘maklashish.

Raqamli videodomofon tizimlari orqali quyidagilar ta’minlanadi:

  • uy atrofidagi hududlarni real vaqt rejimida nazorat qilish;
  • aholini tezkor va to‘g‘ridan to‘g‘ri xabardor qilish;
  • kommunal xizmatlarning shaffofligini oshirish va yuzaga kelayotgan muammolarni hal etishni jadallashtirish.

Yagona shahar platformasi orqali:

  • mahallalardagi vaziyatni tezkor monitoring qilish;
  • Big Data va sun’iy intellekt texnologiyalari asosida obodonlashtirishni samarali boshqarish;
  • mahallalar va boshqaruv kompaniyalari reytingini yuritish.

Avvalroq ishlab chiqarishni Toshkentdan Sirdaryoga ko‘chirishda biznes imtiyozlarga ega bo‘lishi haqida xabar berilgandi. Tadbirkorlarga kreditlar beriladi, logistika tariflari pasaytiriladi va yer berish soddalashtiriladi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная