12 Dekabr 2024, 15:17 Oʻzbekiston

Toshkentda qariyb 27 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan zavod aniqlandi

Toshkent shahrida metallni qayta ishlash zavodi qariyb 27 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan.

Toshkentda qariyb 27 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan zavod aniqlandi

“O‘zenergoinspeksiya” ma’lum qilishicha, Yashnobod tumanida joylashgan “K.Y.A.” MChJga qarashli metallni qayta ishlash zavodining elektr hisoblagichiga tashqi ta’sir ko‘rsatilib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida davlat manfaatlariga 26 mlrd 945 mln so‘mlik zarar yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Mashhur yangiliklar