
Toshkentda qancha chiptasiz yoʻlovchilar jarimaga tortilgani maʼlum boʻldi
Huquq-tartibot idoralari xodimlari avtobus bekatlarida yoʻlovchilarni tekshirmoqda.

Toshkentda 14-martdan 1-aprelgacha avtobusda toʻlovsiz yurgan 56 kishi jarimaga tortildi, deb xabar bermoqda “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati.
Kompaniya maʼlumotlariga koʻra, jarima miqdori 37,5 ming soʻmni tashkil etadi. Aksariyat yoʻlovchilar toʻlovni oʻz vaqtida amalga oshiradi, biroq baʼzilar yoʻl haqini toʻlamasdan avtobusdan tushadi. Tartibga rioya qilish uchun tekshiruvlar davom etadi. Shuningdek, fuqarolardan avtobusga chiqishda yoʻl haqini toʻlash soʻralgan.
Kirishda yoʻl haqini toʻlash toʻxtash vaqtini qisqartirish va jamoat transportining uzluksiz harakatlanishini taʼminlash imkonini beradi. Bundan tashqari, bunday tartib avtobus eshiklari oldida odamlarning toʻplanishini kamaytiradi, xavfsizlikni oshiradi va sayohat paytida umumiy qulaylikni yaxshilaydi, — deyiladi xabarda.
Soʻnggi yangiliklar







