Toshkentda qadimiy oltin tangalarni sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi
Toshkent shahrida 100 dona qadimiy oltin tangani sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Toshkent shahrining Olmazor tumanida istiqomat qiluvchi 1966-yilda tug‘ilgan A.X. 100 dona oltin tangani Andijon shahrida yashovchi 1963-yilda tug‘ilgan E.S.ga 67 ming dollarga sotgan vaqtida ularning ikkisi ham ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Shuningdek, fuqaro A.X.ga tegishli avtomashinadan qo‘shimcha 37 dona oltin tanga ham tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.
Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, sof og‘irligi jami 776 gr bo‘lgan 5 va 10 rubl ko‘rinishidagi oltin tangalar numizmatik ashyolar sifatida madaniy boyliklar sirasiga kiradi hamda badiiy, tarixiy ahamiyatga ega hisoblanadi.
Asllik darajasi 900 va 916 bo‘lgan mazkur qadimiy tangalar 1897—1911-yillar oralig‘ida zar qilingan bo‘lib, ularning umumiy qiymati 950 mln so‘mni tashkil etadi.
Aniqlanishicha, fuqaro E.S. xalq tilida “Nikolay” tangalari deb aytiladigan ushbu tarixiy moddiy qimmatliklarni Qirg‘iziston Respublikasining O‘sh viloyatiga olib borib sotishni rejalashtirgan.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentda pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxslar ushlandi Toshkent shahri transport bosh boshqarmasiga yangi rahbarlar tayinlandi Toshkentdagi ikkita koʻchada harakat qariyb 20 kunga cheklanadi Toshkentda isitish quvurida avariya yuz berdi Toshkentdagi International mehmonxonasi 26 mln dollarga sotildi