19 Dekabr 2024, 11:34 Oʻzbekiston

Toshkentda pulli “parkovka”lar operatori oʻzgardi

Avvalgi auksion gʻolibi bitim tuzmaganligi tufayli, navbatdagi savdolar oʻtkazildi va “Streetpark Systems” kompaniyasi gʻolib boʻldi.

Toshkentda pulli “parkovka”lar operatori oʻzgardi

Avvalgi auksion gʻolibi bitim tuzmaganligi tufayli, navbatdagi savdolar oʻtkazildi va “Streetpark Systems” kompaniyasi gʻolib boʻldi. Bu haqda E-auksion maʼlumotlarida keltirilgan.

Joriy yilning 17-dekabr kuni onlayn savdolarda poytaxt koʻchalarida avtomobillarning pulli toʻxtab turish joylarini tashkil etish huquqi uchun takroriy auksion yakunlandi.

Savdo jarayoni 20 daqiqadan koʻproq davom etdi va ikki stavkadan soʻng yakunlandi. Natijada, “Streetpark Systems” kompaniyasi gʻolib boʻldi.

Kompaniya lot uchun 62,93 mlrd soʻm — boshlangʻich narxdan 10% ga yuqori narx taklif etgan.

Noyabr oyi oxirida oʻtkazilgan avvalgi auksionda “Balcomuz” qoʻshma korxonasi gʻolib chiqqandi. Kompaniya 3-yil davomida avtoturargohlarni ijaraga olish uchun taxminan 120 mlrd soʻm taklif qilgan, ammo kelishuv tasdiqlanmagan.

Maʼlumot uchun, poytaxt hokimi Shavkat Umurzoqov oktyabr oyida Toshkent shahrida 80 mingdan ortiq pulli toʻxtab turish joylarini tashkil etishni nazarda tutuvchi qarorni imzolagan.

Hujjat bilan, pulli “parkovka“lar bosqichma bosqich joriy etilishi belgilandi. Xususan, birinchi bosqichda kelasi yilning 15-martigacha 14 mingga yaqin avtoturargoh oʻrni yaratilishi kerak.

Mashhur yangiliklar