
Toshkentda ota aliment toʻlashdan qochib, uyning devorida yashiringani aniqlandi
Erkak 15 sutkaga qamoqqa olingan, shundan soʻng uning qarindoshlari qarzini toʻlagan.

Toshkentda aliment toʻlashdan boʻyin tovlagani uchun bir yil davomida qidiruvda boʻlgan erkak aniqlandi, deb xabar bermoqda MIB matbuot xizmati.
Mirzo Ulugʻbek tuman fuqarolik ishlari boʻyicha sudining 2023-yil 5-maydagi qaroriga koʻra, erkakka nisbatan aliment undirish boʻyicha ijro ishi qoʻzgʻatilgan. Erkak farzandlari foydasiga daromadining 1/2 qismini toʻlashi shart qilib belgilangan.
2023-yil 8-iyulda Yashnobod tumani MIBga ijro varaqasi kelib tushgan va 2024-yil aprelidan boshlab qarzdor qidiruvda boʻlgan. Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tezkor tadbirlar natijasida erkakni topishga erishdilar. Aliment qarzdori oʻz uyining tashqi devori ortiga yashiringan.
Huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan mazkur shaxsga nisbatan 47-1-modda (Ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni vasiylik va homiylik organiga xabar qilmaslik) boʻyicha maʼmuriy bayonnoma tuzildi va ish hujjatlari sudga yuborildi. Sud erkakka 15 sutkalik maʼmuriy qamoq jazosi tayinladi, shundan soʻng uning qarindoshlari 54 million 562 ming soʻmlik aliment qarzini toʻladilar.
Soʻnggi yangiliklar







