Toshkentda olib qochilgan Nexia-3 Fargʻonadan topildi
IIV mashina o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan jinoiy guruh fosh etilganini maʼlum qildi.
Toshkent shahar IIBB Tezkor qidiruv xizmati jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan jinoiy guruh faoliyatiga chek qoʻyildi, deb xabar beradi idora matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, ichki ishlar idorasiga fuqaro murojat qilib, Nexia-3 rusumli transport vositasini Yakkasaroy tumani Hushtepa koʻchasi 6-uy oldida qoldirgani, ammo olib ketgani kelganda mashinasi joyida yoʻqligini aytib, transport vositasini topishda amaliy yordam soʻragan.
Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida ushbu avtomashinani talon-toroj qilish maqsadida Suxrob ismli shaxs oʻziga tanish boʻlgan Ilhom va boshqalar oʻzaro til biriktirib, oʻgʻirlab ketgani aniqlangan. Transport vositasi esa Qoʻqon shahriga olib borilib, xonadonlarning biriga yashrib qoʻyilgani ayon boʻlgan.
Bundan tashqari, jinoiy guruh azolarining Bektemir tumanidagi vaqtincha yashash manzili xolislar bilan koʻzdan kechirilganda, boshqa transport vositalariga tegishli turli xildagi davlat raqam belgilari ham topilgan va ular daliliy ashyo sifatida olingan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 267-modda (transport vositasini olib qochish) 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi ochilgan. Gumonlanuvchilarning barchasiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan.
Hurmatli yurtdoshlar, agar siz ham mazkur shaxslardan jabr koʻrgan boʻlsangiz Toshkent shahar IIBB yoki 97 751 77 72 raqami orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz, deyiladi xabarda.
Мавзуга оид хабарлар:
Narkolaboratoriya tashkil qilgan ikki nafar shaxs uzoq muddatga qamaldi Farg‘onada portlab ketgan zapravka boshqa faoliyat olib bormaydi Farg‘onadagi portlashdan so‘ng viloyatdagi barcha “zapravka”lar o‘rganiladi Farg‘onada erkak ikkinchi xotinini urib, jag‘ini sindirdi Fargʻonadagi portlashda vafot etganlar soni 4 nafarga yetdi