7 Noyabr 2024, 11:58 Oʻzbekiston

Toshkentda oktyabr oyida ijara narxlari o‘sishi sekinlashdi

2024-yilning oktyabr oyida Toshkent shahrida uy-joylar uchun ijara narxlari o‘sishi sekinlashdi.

Toshkentda oktyabr oyida ijara narxlari o‘sishi sekinlashdi

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari 2024-yilning oktyabr oyida Toshkent shahrida uy-joylar uchun ijara narxlarini tahlil qildi.

Maʼlum qilinishicha, oktyabr oyida Toshkent shahrida uy-joylar uchun ijara narxlarining oshishi sekinlashdi. Mazkur davrda poytaxtda o‘rtacha taʼmirlangan xonadonlar uchun o‘rtacha ijara narxlari sentyabr oyidagiga nisbatan 1,3 foiz, to‘liq taʼmirlangan xonadonlar uchun esa 0,2 foiz oshdi.

O‘rtacha taʼmirlangan uy-joylar ijarasi. 2024-yilning oktyabr oyida o‘rtacha taʼmirlangan 1 xonali uylar uchun o‘rtacha ijara narxi sentyabr oyidagiga nisbatan 0,5 foizga, 2 xonali uylar uchun 1,4 foizga, 3 xonali uylar uchun 1,0 foizga, 4 xonali uylar uchun esa 2,5 foizga oshdi.

To‘liq taʼmirlangan uy-joylar ijarasi. Mazkur davrda to‘liq taʼmirlangan 2 xonali (550 AQSH dollari) va 3 xonali (700 AQSH dollar) uy-joylarning ijara narxlari deyarli o‘zgarishsiz qolgan bo‘lsa, 4 xonali (0,4 foizga) hamda 1 xonali (1,3 foizga) uy-joylarning ijara narxida biroz ko‘tarilish kuzatildi.

Mashhur yangiliklar