21 Sentabr 2024, 11:35 Oʻzbekiston

Toshkentda o‘zganing 13 mln so‘mini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi

Toshkent shahrida mashinasini sotishni aytib, o‘zganing 13 mln so‘m pulini o‘zlashtirgan shaxs qo‘lga olindi.

Toshkentda o‘zganing 13 mln so‘mini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi

Namangan viloyatida yashovchi U.Y. ichki ishlar organlariga murojaat qilib, bank kartasidan 13 mln so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari nomaʼlum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganligini maʼlum qilgan. Bu haqda Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Toshkent shahrida yashovchi K.M. sodir etganligi aniqlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov harakatlariga jalb etilgan, K.M. “Olx” platformasida Nexia avtomashinasini arzon narxda sotiladi deya yolg‘on eʼlon joylashtirgan. Bu eʼlonga ishongan jabrlanuvchi U.Yu. bilan telefon orqali gaplashib, unga avtomashinani 18 oy muddatga bo‘lib to‘lash yo‘li bilan 8000 dollarga sotishini aytgan.

So‘ng oldindan 1000 dollarni o‘tkazib berishini, keyin avtomashinani unga jo‘natib yuborishini aytib, oldindan uning 13 mln so‘m miqdoridagi pullarni o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank kartasiga o‘tkazib olgan va yozishmalarni o‘chirib yuborib, uning qo‘ng‘iroqlariga javob bermay, qora ro‘yxatga kirgazib qo‘ygan.

Mazkur holat yuzasidan K.M.ga nisbatan JKning 168-moddasi (firibgarlik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mashhur yangiliklar