Toshkentda o‘nlab avtobus yo‘nalishlari o‘zgartirildi
Yo‘lovchilar tirbandlik yuzaga kelishi va jadval o‘zgarishi haqida ogohlantirildi.

Toshkentda Shota Rustaveli ko‘chasining Grand Mir mehmonxonasidan Chapanata ko‘chasigacha bo‘lgan qismida olib borilayotgan qurilish ishlari tufayli bir qator avtobus yo‘nalishlari harakati o‘zgartirildi, deb xabar bermoqda Transport vazirligi matbuot xizmati.
12, 45-sonli yo‘nalishlar bo‘yicha harakatlanish Bobur, Kichik halqa avtomobil yo‘li (KHAY), Qushbegi, Muqimiy ko‘chalari bo‘ylab bir tomonlama halqa shaklida amalga oshiriladi:
- 18-yo‘nalish Muqimiy, Arnasoy, Cho‘ponota ko‘chalari bo‘ylab harakatlanadi;
- 33-yo‘nalish Chapanata, Sa’diy Sirojiddinov, Shohjahon, Bobur ko‘chalari bo‘ylab harakatlanadi;
- 126-yo‘nalish Shota Rustaveli, Chaponota, Bog‘i Bo‘ston, At-Termiziy, O‘rikzor, Bobur ko‘chalari bo‘ylab harakatlanadi;
- 69 va 114-yo‘nalishlar Bog‘i Bo‘ston va Chaponota ko‘chalarini chetlab o‘tib, KHAY bo‘ylab harakatlanadi;
- 38, 40, 57, 58-yo‘nalishlar Janubiy vokzal bekatidan KHAYgacha;
- 81 va 98-yo‘nalishlar Yusuf Xos Hojib, Bobur ko‘chalari bo‘ylab harakatlanadi;
- Muqimiy ko‘chasining Bobur ko‘chasidan Shota Rustaveli ko‘chasigacha bo‘lgan qismida 2, 80, 94, 127-sonli yo‘nalishlar o‘zgartirildi;
- 135-sonli yo‘nalish harakati “Muqimiy ko‘chasi” bekatigacha qisqartirildi;
- 67-sonli yo‘nalishning ikki tomonlama harakati Shahrisabz, Oybek, Nukus, Bobur ko‘chalari bo‘ylab amalga oshiriladi.
Qayd etilishicha, rekonstruksiya davrida yo‘llarda tirbandlik kuchayishi, avtobuslar jadvali o‘zgarishi mumkin.
Avvalroq Toshkentda tungi avtobuslarning dastlabki yo‘nalishlari ma’lum bo‘lgandi. Jamoat transporti maxsus belgi ostida harakatlanadi.
Izohlar