Toshkentda noqonuniy tamaki mahsulotlari savdogarlari ushlandi
Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Toshkent shahrining Uchtepa va Yashnobod tumanlarida noqonuniy tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, departamentning Uchtepa tuman bo‘limi, DXX va bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda qonunga xilof ravishda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqarolar B.Q. va O.Q. Cobalt hamda Lacetti avtomashinasida tegishli bojxona va sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan xorijda ishlab chiqarilgan jami 4 910 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini Toshkent shahrida sotish maqsadida olib kelganliklari aniqlanib, ushbu tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shu kabi, departamentning Yashnobod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda qonunga xilof ravishda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan A.S. xaridorga aksiz markasiz tamaki mahsulotini sotgan vaqtida ushlanib, uning yonidan turli nomdagi xorijda ishlab chiqarilgan jami 1 689 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Namanganda 4 kishini Buyuk Britaniyaga noqonuniy jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi Toshkentdagi ikkita koʻchada harakat qariyb 20 kunga cheklanadi Toshkentda isitish quvurida avariya yuz berdi Toshkentdagi International mehmonxonasi 26 mln dollarga sotildi Bektemir va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida “svet” vaqtincha o‘chiriladi