Toshkentda noqonuniy dori vositalari savdosi bilan shugʻullanganlar ushlandi
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkzilmoqda.

Toshkent shahrida noqonuniy dori vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Departamentning Uchtepa tumani boʻlimi, DXX, IIB va Bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda fuqaro Z.B.ning Yakkasaroy tumani, “Toʻqimachi” MFY hududidagi xonadoni koʻzdan kechirilganda respublika hududiga aylanma yoʻllar orqali kirib kelgan sifatini tasdiqlovchi hujjatari boʻlmagan 164 turdagi umumiy bahosi 1 mlrd soʻmlik jami 83 597 dona dori vositalarini oʻtkazish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, ushbu dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shu kabi, boʻlim tomonidan oʻtkazilgan yana bir tezkor tadbirda noqonuniy dori vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelgan Y.D.ning Toshkent viloyati, Oʻrtachirchiq tumani, “Guliston” MFY hududidagi xonadonidan 5 turdagi 876 dona dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni oʻtkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkzilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Farg‘onada “Xalq banki” mansabdorlari yordam va nafaqa pullarini o‘zlashtirgani aniqlandi Toshkentda tadbirkor 6,6 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalandi Uch hududda fuqarolarga imtiyozli kredit olib berishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi Toshkentda uka o‘z opasini o‘ldirib, 7 kun uyda saqladi Toshkentda yoʻlovchi avtobusi daraxtga borib urildi
Soʻnggi yangiliklar







