18 Mart 2025, 12:11 Oʻzbekiston

Toshkentda noma’lum shaxs o‘quvchi qizga hujum qildi — video

Zo‘ravon qizni ta’qib qilib, uni orqadan ushlab, og‘zini berkitgan va yerga yiqitgan.

Toshkentda noma’lum shaxs o‘quvchi qizga hujum qildi — video

18-mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda bir erkak ko‘chada maktab o‘quvchi qizga hujum qilgani aks etgan video tarqaldi. Vakolatli idoralar hozircha voqea yuzasidan izoh bermasdan turibdi.

Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa 10-mart kuni taxminan soat 16:20 da Toshkent shahrining Yashnobod tumanida yuz bergan. Videotasvirda noma’lum shaxs maktab o‘quvchisini ta’qib qilib, so‘ng unga hujum qilgani ko‘rinadi. U qizning qo‘lidan tortib, og‘zini yopishga uringan.

Qiz yiqilgach, erkak qochib ketgan. Ehtimol, jinoyatchini qizning qichqirig‘i va paydo bo‘lgan yo‘lovchilar cho‘chitib yuborgan. Vakolatli idoralar hozircha voqea yuzasidan izoh bermagan.

Mashhur yangiliklar