17 Mart 2025, 14:52 Oʻzbekiston

Toshkentda Nexia-3 piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan fuqaroni urib yubordi

YTH oqibatida piyodaga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Toshkentda Nexia-3 piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan fuqaroni urib yubordi

Toshkent shahar Sergeli tumanida Nexia-3 piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan fuqaroni urib yubordi.

YHXB ma’lum qilishicha, joriy yilning 13 mart kuni soat 14:00 larda Sergeli tumani Mehrigiyo ko‘chasida sodir bo‘lgan. 1960 yilda tug‘ilgan, M.A. Nexia-3 rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, tartibga solinmagan piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.

YTH natijasida piyodaga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mashhur yangiliklar