22 Mart 2025, 12:27 Oʻzbekiston

Toshkentda nazoratsiz qolgan bolaning boshi deraza panjarasiga tiqilib qoldi — video

Qutqaruvchilar bolani ertalab soat toʻrt yarimda xavfsiz chiqarib olishdi.

Toshkentda nazoratsiz qolgan bolaning boshi deraza panjarasiga tiqilib qoldi — video

22-mart tunida Toshkent shahar FVBga deraza panjarasiga tiqilib qolgan bola haqida xabar keldi.

Hodisa Yashnobod tumanida sodir boʻlgan, chaqiruv soat 04:27 da qabul qilingan. Voqea joyiga yetib kelgan yongʻin-qutqaruv guruhi koʻp qavatli uyning birinchi qavatidagi deraza panjarasiga boshi tiqilib qolgan bolani koʻrdi.

Mutaxassislar maxsus qutqaruv uskunalari yordamida bolani xavfsiz chiqarib olib, uni sogʻ-salomat ota-onasiga topshirdi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati taʼkidlashicha, voqea bolaning ota-onasi uni eʼtiborsiz qoldirgani sababli yuz bergan.

“Barcha ota-onalardan hech qanday vaziyatda ham farzandlarini eʼtiborsiz qoldirmaslikni soʻraymiz”, — deya taʼkidlandi FVV bayonotida.

Mashhur yangiliklar