O‘zbekiston

Toshkentda minglab chiptasizlar avtobuslarda qo‘lga olindi

“Quyon” bo‘lib yurish uchun jarima yo‘l haqidan 25 baravar ko‘p.

Transport vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil boshidan buyon Toshkentda huquq-tartibot idoralari avtobuslarda chiptasiz yurgan 4 mingdan ortiq kishini jarimaga tortgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yanvar-iyun oylarida Transport sohasida nazorat inspeksiyasi Jamoat transportini monitoring va nazorat qilish davlat muassasasi bilan hamkorlikda avtobuslarda yo‘l haqi to‘lamagan 4090 nafar yo‘lovchini aniqlagan.

Natijada huquqbuzarlarga nisbatan jarima ko‘rinishidagi ma’muriy choralar qo‘llanilgan. Eslatib o‘tamiz, “quyon” sifatida yurish uchun jarima miqdori 41,2 ming so‘mni tashkil etadi.

Avvalroq Transport vazirligi Toshkentdagi avtobus yo‘lovchilarining jarimalari haqidagi ma’lumotga aniqlik kiritgani xabar qilingandi. Faqat yo‘l haqini naqd to‘lashga uringan chiptasizlar jazolanadi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная