3 Iyul 2024, 09:56 Oʻzbekiston

Toshkentda Matiz elektroskuterni urib yubordi

Holat yuzasidan Toshkent shahar YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Toshkentda Matiz elektroskuterni urib yubordi

Toshkent shahar IIBB Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati Mirobod tumanida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasi yuzasidan maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, 1-iyul kuni soat 23:30 larda Mirobod tumani Fargʻona yoʻli koʻchasida 22 yoshli J.P. Matiz rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, bir yoʻnalishda harakatlanib ketayotgan 35 yoshli A.X. boshqaruvidagi elektroskuter transport vositasi bilan toʻqnashuv sodir etgan.

YTH oqibatida skuter haydovchisi tan jarohati olgan. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mashhur yangiliklar