O‘zbekiston

Toshkentda mashinalardagi tartibsiz reklamalarga qarshi kurash boshlandi

Mutaxassislar tizimli monitoring olib borishni boshladi.

Toshkentda transport vositalarida noqonuniy joylashtirilgan reklamalarga qarshi kurash kuchaytirilmoqda, deb xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

Poytaxt IIBB YHXB xodimlari tomonidan shahar hokimligi va Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi vakillari bilan hamkorlikda bunday avtomobillarni aniqlash va oldini olish maqsadida reyd tadbirlari o‘tkazildi.

Monitoring tadbirlari doirasida mutaxassislar reklamalari qonunchilik talablariga javob bermaydigan transport vositalarini aniqlashga muvaffaq bo‘lishdi. Masalan, hozirgi vaqtda transport vositalarida tashqi reklamani joylashtirish uchun davlat xizmatlarida reklama joyining pasportini rasmiylashtirish kerak.

Natijada huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan qoidabuzarlarga nisbatan qonun doirasida choralar ko‘rildi, shuningdek, avtomobil egalari bilan tushuntirish ishlari olib borildi. Mutaxassislar tizimli monitoringni davom ettirmoqda.

Avvalroq Toshkentda yana tartibsiz reklamalarni olib tashlash boshlangani haqida xabar berilgandi. Hokimlik tadbirkorlar va ijarachilarga murojaat qilib, reklama obyektlarini joylashtirish uchun rasmiy ruxsatnoma mavjudligini tekshirishni so‘radi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная