Toshkentda ko‘chalardan biri bir necha kunga yopildi, deb xabar bermoqda IIBB matbuot xizmati.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Mirobod tumanida ta’mirlash ishlari tufayli Taras Shevchenko gastronomik ko‘chasining bir qismi vaqtincha yopiladi.

25-oktyabr soat 08:00 dan 28 oktyabr soat 20:00 gacha 94-maktab binosidan Said Baraka ko‘chasi bilan kesishishgacha bo‘lgan yo‘l qismi yopiladi.

Haydovchilardan yo‘nalishni oldindan rejalashtirish, o‘rnatilgan yo‘l belgilari va to‘siqlarga rioya qilish so‘ralgan.

Mavzuga doir: Toshkentda yana qayerlarda yo‘l o‘rtasida avtobuslar uchun ajratilgan joylar paydo bo‘ladi? Prezidentga BRT tizimini kengaytirish loyihasi namoyish etildi.