Toshkentda markazda avtomobillar harakati to‘xtatiladi
Haydovchilardan keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raldi.

Toshkentda bir necha soatga transport vositalari harakati to‘xtatiladi, deya xabar qildi hokimlik matbuot xizmati.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Kichik halqa yo‘li va Farhod ko‘chasi kesishmasida drenaj quvurlari yotqizilishi munosabati bilan 4 oktyabr kuni soat 22:00 dan 5-oktyabr kuni soat 07:00 ga qadar transport vositalari harakati cheklanadi.
Tirbandlik va noqulayliklarni kamaytirish maqsadida qurilish-ta’mirlash ishlari yo‘l harakatini to‘liq to‘sib qo‘ymasdan, yo‘lning ayrim qismlarini qisman yopgan holda amalga oshiriladi. Keltirilgan noqulayliklar uchun aholidan uzr so‘raldi.
Izohlar