11 Aprel 2025, 15:07 Oʻzbekiston

Toshkentda maktab direktori bilan janjal qilgan ota qamaldi

Uning rafiqasi, oʻqituvchisi va taʼlim muassasasi rahbari ham jazoga tortildi.

Toshkentda maktab direktori bilan janjal qilgan ota qamaldi

Toshkentda maktab direktori sinfiga bostirib kirib, u bilan janjallashgan ota-onalar jazolandi, deb xabar bermoqda Oliy sud matbuot xizmati.

Ish Jinoyat ishlari boʻyicha Mirobod sudida koʻrib chiqilgan. Direktor xonasiga bostirib kirgan erkak Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik) va 194-moddasi 2-qismi (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) bilan aybdor deb topildi. Unga 10 sutka qamoq jazosi tayinlangan.

Uning rafiqasi 183-modda (Mayda bezorilik) bilan aybdor deb topildi va 3 BHM (1 mln 125 ming soʻm) miqdorida jarimaga tortildi. Oʻqituvchi va maktab direktori ham jazolandi. Ularga 41-modda (haqorat qilish) bilan davlat foydasiga 2 BHM (750 ming soʻm) miqdorida jarima solindi.

Eslatib oʻtamiz, hodisa 7-aprel kuni soat 14:40 da Toshkent shahar Mirobod tumanidagi 213-maktabda sodir boʻlgandi. Notanish yigit maktabga oʻrtoqlari oldiga kelib, darslarni toʻxtatib qoʻygan, buning uchun direktor unga tanbeh bergan. Bundan xabar topgan bolaning ota-onasi uning xonasiga bostirib kirib, janjal koʻtarishgan.

Mashhur yangiliklar