Toshkentda maktab bitiruvchilari uchun bayram kechasi bo‘lib o‘tadi
“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari respublikaning barcha maktablarida “Ilm — eng buyuk sharaf” shiori ostida o‘tkazildi.

24-may kuni O‘zbekistondagi barcha maktablarda “Ilm — eng buyuk sharaf” shiori ostida so‘nggi qo‘ng‘iroq bo‘lib o‘tdi.
10 146 ta maktabda 633 mingga yaqin o‘quvchi 9-sinfni, 451 ming nafari 11-sinfni tamomlagan. Bayram dasturxonida davlat madhiyasi yangrab, o‘quvchilarga prezidentning bayram tabrigi o‘qib eshittirildi.
A’lochi, iqtidorli va faol o‘quvchilar hamda ularning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi. A’lo o‘qish va namunali xulq-atvor ko‘rsatgan 14 041 nafar 11-sinf o‘quvchisi 11 566 ta oltin va 2 475 ta kumush medal bilan taqdirlanadi. So‘ngra o‘quvchilar o‘zlarining ijodiy chiqishlarini namoyish etdi.
Toshkentda bitiruvchilar uchun bayram kechasi bo‘lib o‘tadi, soat 19:00 da Turkiston san’at saroyida konsert, ijodiy jamoalar chiqishi, shuningdek, talabalar jamoalari ishtirokida poytaxt hokimi kubogi uchun QVZ tanlovi finali bo‘lib o‘tadi. Kirish bepul.
Avvalroq O‘zbekistonda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” vaqtida maktablar qo‘riqlanishi kuchaytirilishi haqida xabar berilgandi. Fuqarolar tinchligini o‘n minglab huquq-tartibot idoralari xodimlari qo‘riqlaydi, IIV ota-onalarni bolalarni kechgacha sayrga qo‘ymaslikka, ularning spirtli ichimliklar, tamaki yoki taqiqlangan moddalar iste’mol qilmasligiga, shuningdek, bolalar rulga o‘tirmasligiga chaqirdi.
Izohlar