7 Avgust 2024, 17:43 Oʻzbekiston

Toshkentda Lacetti salonidan taqiqlangan modda topildi

Haydovchi hamda aniqlangan modda Chilonzor tumani IIO FMBga topshirilgan.

Toshkentda Lacetti salonidan taqiqlangan modda topildi

Toshkent shahriga kirib kelayotgan Lacetti rusumli avtomashinada taqiqlangan modda borligi aniqlandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, 7-avgust kuni soat 02:00 larda Chilonzor tumaniga xizmatga jalb qilingan YPX inspektori serjant R.G‘ofurov va Kinologiya safdor xodimi K.O‘rolovlar tomonidan Lacetti rusumli avtomashina to‘xtatilib, tekshirilganda haydovchi M.K. ismli shaxsning ko‘rinishi va xatti-harakatlari xodimlarda shubha uyg‘otgan.

Xolislar ishtirokida tekshirilganda avtomashina salonidan jigarrang, o‘tkir hidli mumsimon modda topilgan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, haydovchi hamda aniqlangan modda Chilonzor tumani IIO FMBga topshirilgan.

Mashhur yangiliklar