Toshkentda kuchli ta’sir qiluvchi dorilar sotadigan jinoiy guruh ushlandi
Toshkent shahrida katta miqdordagi kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini qadoqlab sotish bilan shug‘ullangan guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.
Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmatining bildirishicha, IIV Tezkor-qidiruv departamenti va DXX xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda 1994 hamda 1997 yilda tug‘ilgan shaxslar yirik miqdorda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini qadoqlab, zakladka” usulida tarqatish bilan shug‘ullanayotgani ma’lum bo‘lgan.
Ushbu ikki nafar shaxs Mirzo Ulug‘bek tumani hududida to‘xtatilib tekshirilganda, ularning yonida 300 dona “Pregabalin” va 8 dona “Tropikamid” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlangan.
Tadbir davomida qo‘lga olingan shaxslardan birining yashash manzilida tarqatish uchun tayyorlab qo‘yilgan va qadoqlash uchun saqlab kelinayotgan dori vositalari, flakonlar, bo‘sh kapsulalar, elektron tarozilar hamda dori vositalarini qadoqlash maqsadida turli aralashtirish moslamalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shuningdek, qo‘lga olingan shaxsga tegishli Spark rusumli avtomashina yukxonasida 12 dona kir yuvish kukuni qadog‘iga yashirilgan 36 kilogramm va yelim idishda 1,5 kilogramm “Pregabalin”, 2700 dona qadoqlangan “Pregabalin” dori vositasi va bo‘sh kapsulalari borligi aniqlangan.
O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida umumiy narxi 35 mlrd 692 mln so‘mlik jami 42 kg 806 gramm kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosiga chek qo‘yildi. Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentda pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxslar ushlandi Toshkent shahri transport bosh boshqarmasiga yangi rahbarlar tayinlandi Toshkentdagi ikkita koʻchada harakat qariyb 20 kunga cheklanadi Toshkentda isitish quvurida avariya yuz berdi Toshkentdagi International mehmonxonasi 26 mln dollarga sotildi