Toshkentda kuchli shamol turdi: rasmiylar aholiga murojaat qildi
Hokimlik favqulodda vaziyatlarda qayerga murojaat qilish kerakligini ma’lum qildi.

9-iyun kuni Toshkentda kuchli shamol turdi, aholidan ehtiyot choralarini ko‘rish so‘raldi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.
Ob-havo sharoiti yomonlashgani sababli simlar uzilishi, daraxtlar qulashi va havoda katta miqdorda chang to‘planishi mumkin. Rasmiylar aholidan ayniqsa e’tiborli bo‘lishni so‘radi:
- avtomobillarni daraxtlar va elektr uzatish tarmoqlari ostida qoldirmaslik;
- ko‘chada yurishni cheklash, ayniqsa, allergiya yoki changga yuqori sezuvchanlikdan aziyat chekayotgan bo‘lsangiz;
- shahar bo‘ylab harakatlanishda ehtiyot bo‘lish;
- o‘zini, yaqinlarini va shaxsiy mulkini ehtiyot qilish.
Favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan taqdirda, fuqarolardan quyidagi telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish so‘ralgan: 1050, 1055, (71) 212-69-80, (71) 212-69-82.
Eslatib o‘tamiz, sinoptiklarning prognoziga ko‘ra, O‘zbekistonda yomg‘irli va shamolli hafta kutilmoqda. Keyinroq O‘zgidromet yog‘ingarchilik kutilayotgani sababli tog‘larda sel kelishi xavfi haqida favqulodda xabar e’lon qildi.
Izohlar