Toshkentda konduktor mast erkakni kuch ishlatib avtobusdan tushirib yubordi
Har ikki shaxsning xatti-harakatlariga huquqiy baho berish maqsadida IIOga taqdimnoma kiritilgan.
Toshkent shahrida yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi avtobus konduktori yo‘lovchini kuch ishlatib avtobusdan tushirib yuborgan. “Toshshahartransxizmat” AJ axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa yuzasidan tekshiruv o‘tkazilgan.
Ma’lum qilinishicha, hodisa bugun 2024 yil 10 sentabr kuni 1-Avtobus saroyiga qarashli King Long rusumli 93-sonli avtobus yo‘nalishi haydovchisi R.O. tomonidan yordamlashish uchun ishga jalb qilingan Sherali ismli fuqaro va yo‘lovchi o‘rtasida sodir bo‘lgan.
Holatga aniqlik kiritish maqsadida, avtobusga o‘rnatilgan videokuzatuv kameralaridagi yozuvlar tekshirilgan. Unga ko‘ra yo‘lovchi avtobusga mast holatda chiqqan va jamoat transportida yurish qoidasiga hamda madaniyatiga amal qilmay, avtobus salonidagi boshqa yo‘lovchilar, shu jumladan ayol yo‘lovchiga qo‘pollik qilgan.
Shundan so‘ng u avtobus haydovchisining tanishi bo‘lgan Sherali ismli fuqaro tomonidan avtobusdan tushirib yuborilgan va avtobus tashqarisida o‘zaro kelishmovchilik kelib chiqqan.
Qayd etilishicha, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, o‘zaro janjallashib, jamoat tartibini buzgani uchun konduktor va mast holatda harakatlangan yo‘lovchining hatti-harakatiga huquqiy baho berish maqsadida, ichki ishlar organlariga taqdimnoma kiritilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentda 9 yoshli qizning o‘limi bilan tugagan YTH bo‘yicha tergov davom etmoqda Poytaxtning ikki tumani vaqtincha gazsiz qoladi Toshkentda yashash uyida kuchli ta’sir qiluvchi dorilar saqlab kelgan shaxs ushlandi Toshkentda maktab o‘quvchisi futbol darvozasi bosib qolishi oqibatida vafot etdi Toshkentda muddati o‘tgan dori vositalari muomalaga kiritilishining oldi olindi