Toshkentda ko‘cha mushuklari uchun avtomatik oziqlantirgichlar o‘rnatiladi
Loyiha Hayvonlarni himoya qilish jamiyati tomonidan tadbirkorlar bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

Toshkentda ko‘cha mushuklari uchun avtokormushkalar paydo bo‘ladi, deb xabar berdi Mehr va Oqibat HHJ.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hayvonlarni himoya qilish jamiyati tadbirkorlar bilan ko‘chalarda mushuklar uchun avtomatik ozuqa idishlarini o‘rnatish loyihasi bo‘yicha hamkorlik shartnomasini imzolagan.
Qayd etilishicha, ko‘cha mushuklari uchun avtomatik ozuqa idishlari dunyoning turli mamlakatlarida, ayniqsa, hayvonlarni himoya qilish bo‘yicha faol jamiyatlar va uysiz mushuklar populyatsiyasini nazorat qilish dasturlari mavjud bo‘lgan hududlarda uchraydi.
Avvalroq Toshkent hokimligi va “Mushukkent” hayvonlar himoyasiga birgalikda g‘amxo‘rlik qilishi haqida xabar berilgandi. Tomonlar hayvonlarga mas’uliyatli munosabatni qo‘llab-quvvatlash va shahar muhitida insonparvarlik qadriyatlarini targ‘ib qilish bo‘yicha birgalikda ishlashga kelishib oldilar. Loyiha rahbari mushuklarni shahar ekotizimining bir qismi sifatida tan olishni taklif qildi.
Izohlar