KHAYdan Maxtumquli ko‘chasiga tushish yo‘li ochildi
Kichik halqa avtomobil yo‘lidan eski ToshMI yaqinidagi Maxtumquli ko‘chasiga tushish yo‘lining rekonstruksiyasi yakunlandi.

Yashnobod tumanida Kichik halqa avtomobil yoʻlining Maxtumquli koʻchasiga tutashgan qismini qayta qurish ishlari nihoyasiga yetkazildi, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, poytaxt hokimligi huzurida tashkil etilgan “Toshkent invest kompaniyasi” AJ mutaxassislari xalqaro ekspertlar bilan hamkorlikda transport oqimini oʻlchab, oʻrganib chiqqan hamda tahlil qilgan. Obekt qurilishi boʻyicha muhandislik-texnik yechim shahar YHXBB va China Construction bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.
Endi Maxtumquli koʻchasidan Kichik halqa avtomobil yoʻliga chiqish temiryoʻl va avtomobil koʻpriklari ostida oʻtgandan soʻng, oʻngga burilish orqali amalga oshiriladi. KHAYga chiqishda ham oʻngga, ham chapga (svetofor yordamida) burilish mumkin. Ilgari amalda boʻlgan Maxtumqulidan KHAYga chapga burilish esa yopiq.
Kichik halqa avtomobil yoʻlidan Toshkent tibbiyot akademiyasi tomon chiqish esa endi yoʻl oʻtkazgich yonidan emas, balki undan oldinroq boshlanadi.
“Hudud piyodalar ehtiyojlarini inobatga olgan holda obodonlashtirilmoqda, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun qoʻshimcha qulayliklar yaratildi”, deyiladi xabarda.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentda tadbirkor 6,6 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalandi Uch hududda fuqarolarga imtiyozli kredit olib berishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi Toshkentda uka o‘z opasini o‘ldirib, 7 kun uyda saqladi Toshkentda yoʻlovchi avtobusi daraxtga borib urildi Toshkentni kezib yurgan noyob qoraquloq hayvonot bog‘iga topshirildi
Soʻnggi yangiliklar







