Toshkentda karshering va veloshering xizmatlari paydo bo‘ladi
Loyihalar hozircha sinov tariqasida ishga tushiriladi.

Toshkentda 2025-yil oxirigacha milliy karshering platformasini ishga tushirish rejalashtirilmoqda, deyiladi tungi iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha qaror loyihasida.
Pilot loyiha poytaxtning sayyohlar eng ko‘p tashrif buyuradigan uchta tumani – Mirobod, Yunusobod va Yakkasaroy tumanlarida tashkil etiladi. Platforma yaratish va uni ishga tushirish uchun Toshkent shahar hokimligi, Moliya vazirligi va Raqamli texnologiyalar vazirligi mas’ul etib belgilandi.
Bundan tashqari, poytaxt hokimligiga DXSH shartlari asosida avtomatik veloshering loyihasini ishlab chiqish va ishga tushirish topshirildi. Tashabbus hozircha sinov tariqasida ishga tushiriladi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda bir yigit avtomobilni ijaraga olib, uni ehtiyot qismlarga ajratgandi. Avtoturargoh egasi mashina o‘z vaqtida qaytarilmagach, huquq-tartibot idoralariga tashlangan.
Izohlar