O‘zbekiston

Toshkentda issiqlik tarmoqlari sinovdan o‘tkaziladi

Iste’molchilarda issiq suv harorati vaqtincha pasayishi mumkin.

Фото: ситуативное

8-sentyabr kuni issiqlik quvurlarini tekshirish boshlangani sababli Toshkentning ayrim aholisida issiq suv harorati vaqtincha pasayishi mumkin, deya xabar bermoqda Veolia Energy Tashkent.

Idora ma’lumotlariga ko‘ra, har yili isitish mavsumi tugagandan so‘ng shahardagi issiqlik tarmoqlari mustahkamlik va zichlik (presslash) bo‘yicha tekshiriladi. Bu qishda aholining issiqlik va issiq suv bilan uzluksiz ta’minlanishi uchun ehtimoliy zararlarni aniqlash va bartaraf etishga yordam beradi:

  • sinovlar tasdiqlangan jadval bo‘yicha va Veolia Energy mutaxassislari nazorati ostida o‘tkaziladi;
  • tekshirish harorati 40 darajadan yuqori bo‘lmagan yuqori bosimli suv bilan o‘tkaziladi;
  • noqulayliklarni kamaytirish uchun ishlar tungi vaqtda amalga oshiriladi — soat 00:00 dan 06:00 gacha;
  • sinovlar vaqtida issiqlik punktlari va iste’mol tizimlari vaqtincha o‘chiriladi;
  • xavfli uchastkalar (trotuarlar, to‘xtash joylari, bekatlar) signal tasmasi yoki to‘siqlar bilan o‘raladi.

Sinov natijalari sizib chiqishlarni o‘z vaqtida bartaraf etish, quvurlarning xizmat muddatini uzaytirish va issiqlik ta’minoti sifatini oshirish imkonini beradi. Toshkent issiqlik tarmoqlarini 9-sentyabrdan 26-sentyabrgacha sinovdan o‘tkazish jadvali. Bunda birinchi sana — asosiy, ikkinchi sana — zaxira (muqobil) sana bo‘lib, quvurning shikastlanganligi aniqlanganda qo‘llaniladi.

  • 9-sentyabr (asosiy), 24 sentyabr (zaxira) – 7-IM Qorasuv, Beshariq, Elbek, Parkent ko‘chalari, Ohangaron shossesi, Tuzel-1,4, Asalobod-1,2, Aviasozlar shaharchasi;
  • 9-sentyabr (asosiy), 24 sentyabr (zaxira) – ToshIEM (M-0), Sharof Rashidov, Shota Rustaveli, Bog‘ibo‘ston, Arnasoy, Katta Chilonzor, Oybek, Mirobod ko‘chalari, Chilonzor mavzelari 1,5,7, M-7, Oqtepa;
  • 10-sentyabr (asosiy), 17-sentyabr (zaxira) — 1-IM (M-1,4), Mustaqillik shohko‘chasi, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, Buyuk Ipak yo‘li, Qori Niyoziy, Sayram, Navnihol, Yalang‘och, Toshqishloqmash, Bo‘z-1, Bo‘z-2, ToshGRES qo‘rg‘oni;
  • 10-sentyabr (asosiy), 17 sentyabr (zaxira) — 10-IM, Beltepa ko‘chasi, Forobiy ko‘chasi, Universitet ko‘chasi, Beltepa, Ibn Sino-1,2, Qoraqamish 2/4, Olimpiya mavzelari, O‘zMU va ToshDTU hududlari;
  • 11-sentyabr (asosiy), 18-sentyabr (ehtiyot) — 4-IM (M-4,8), Amir Temur shoh ko‘chasi, Ahmad Donish ko‘chasi, Shahriston ko‘chasi, Yunusobod mavzesi 1,19 mavzelar;
  • 11-sentyabr (asosiy), 19-sentyabr (zaxira) — 3-IM (M-1,4), Bunyodkor shohko‘chasi, Navoiy, Beruniy, Qoratosh, Afrosiyob, Samarqand Darvoza, Chorsu ko‘chalari, Chorsu, Olmazor mavzelari, M-10,14, 26,28, B-1,3;
  • 12-sentyabr (asosiy), 26-sentyabr (zaxira) — IEM (M-5,8), Amir Temur shoh ko‘chasi, Mustaqillik, Navoiy, Bobur, Buyuk Turon, Zarafshon, Maxtumquli, Shastri, Nukus, Abdulla Qahhor ko‘chalari, M-1,2,4,5,7 mavzelari, Uchuvchilar shaharchasi;
  • 18-sentyabr (asosiy), 25-sentyabr (ehtiyot) — 5-IM (M-0,4), Zargarlik, Lutfiy, Qatortol, Guliston, Farhod, Cho‘ponota ko‘chalari, Chilonzor dahasi 5,12, 16,20, 24,26, Do‘mbirobod mavzelari.

Avvalroq Toshkentni yopiq isitish tizimiga o‘tkazish rejalari saqlanib qolayotgani, bu nazariy jihatdan xarajatlar, avariyalar va energiya yo‘qotishlarini kamaytirishi haqida xabar berilgandi. Sergeli, Bektemir va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida tajriba-sinov loyihalari amalga oshirildi.

Eslatib o‘tamiz, Veolia Energy mutaxassislari quvurlarning potensial avariyaviy uchastkalarini aniqlashning yangi, xavfsizroq usullarini ishlab chiqishni rejalashtirmoqda. Qaror issiqlik ta’minotining xavfsizligi va ishonchliligini ta’minlash hamda 2025-2026-yillardagi isitish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rishda aholi uchun xavflarni kamaytirish maqsadida qabul qilindi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная