Toshkentda issiqlik ta’minoti tariflari oshadigan sana ma’lum qilindi
Tariflar poytaxt hokimligi tomonidan tasdiqlangan.

2025-yil 12-noyabrdan boshlab Toshkent shahrida aholi, byudjet va ulgurji tashkilotlar uchun issiqlik ta’minoti xizmatlari tariflari oshadi, deya xabar bermoqda Veolia Energy matbuot xizmati.
Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, davlat tomonidan subsidiyalash mexanizmi tufayli poytaxt aholisi issiqlik energiyasining to‘liq qiymatini to‘lashi shart emas. Xarajatlarning qariyb 80 foizi mahalliy byudjet hisobidan qoplanadi. Tariflar Toshkent shahar hokimligi tomonidan tizim operatori tomonidan taqdim etilgan iqtisodiy hisob-kitoblar va texnik ma’lumotlar asosida tasdiqlangan.
Mablag‘lar faqat issiqlik va issiq suv ta’minoti, shuningdek, poytaxtning issiqlik ta’minoti infratuzilmasini ta’mirlash va yangilash uchun yo‘naltiriladi, — deyiladi xabarda.
Avvalroq Toshkentda isitish va issiq suv narxi oshishi haqida xabar berilgandi. Poytaxt hokimligi yangi narxlarni e’lon qilgandi.
Izohlar